Angliyaliklar Keyn AQSHga qarshi o'ynashiga umid qilishmoqda
Aslanov Jasurbek
24 noya 2022, 01:45
Angliya terma jamoasi vakillari Xarri Keyn kelasi bahsda maydonga tushishiga umid qilishmoqda.
Eronga qarshi bahsda hujumchi kichik jarohat tufayli maydonni erta tark etgan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, murabbiylar shtabidagilar forvard AQSHga qarshi o'ynashiga umid qilishmoqda. Futbolchi ehtiyotkorlik nuqtayi nazaridan tibbiy tekshiruvdan o'tdi.