Angliya termasining Evro-2020 uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
25 may 2021
Angliya termasi matbuot xizmati milliy jamoaning Evro-2020 uchun kengaytirilgan tarkibini ma'lum qildi.

Hozircha ro'yxatdan 33 futbolchi o'rin olgan. Yakuniy ro'yxat esa 26 futbolchini tashkil qiladi va bu keyinroq ma'lum qilinadi.

Darvozabonlar: Din Xenderson ("Manchester Yunayted"), Sem Jonston ("Vest Bromvich"), Jordan Pikford ("Everton"), Aaron Remsdeyl ("Sheffild Yunayted").

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Ben Chiluell, Ris Jeyms (ikkisi ham – "Chelsi"), Konor Koudi ("Vulverxempton"), Ben Godfri ("Everton"), Xarri Maguayr, Lyuk Shou (ikkisi ham – "Manchester Yunayted"), Tayron Mings ("Aston Villa"), Jon Stounz, Kayl Uoker (ikkisi ham – "Manchester Siti"), Kiran Tripper ("Atletiko", Ispaniya), Ben Uayt ("Brayton").

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem, Jeydon Sancho (ikkisi ham – "Borussiya" Dortmund), Fil Foden ("Manchester Siti"), Jek Grilish ("Aston Villa"), Jordan Xenderson ("Liverpul"), Jessi Lingard ("Manchester Yunayted"), Meyson Maunt ("Chelsi"), Kelvin Fillips ("Lids"), Deklan Rays ("Vest Xem"), Bukayo Saka ("Arsenal"), Jeyms Uord-Prouz ("Sautgempton").

Hujumchilar: Dominik Kelvert-Lyuin ("Everton"), Meyson Grinvud, Markus Reshford (ikkisi ham – "Manchester Yunayted"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Raxim Sterling ("Manchester Siti"), Olli Uotkins ("Aston Villa").



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/England