

Bugun o'z maydonida "Norvich Siti"ni qabul qilgan "Tottenxem" futbolchilari imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti va qo'shimcha bo'limlarda tenglik qayd etilgach jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat etishdi. Seriyada omad mehmonlarga kulib boqdi.
Angliya kubogi
1/8 final
Tottenxem – Norvich 1:1 (penaltilar - 2:3)
5 mart, 00.45, Tottenxem Xotspur Stedium
Gollar:
1:0 – 13 Vertongen, 1:1 – 78 Drmich.
Tottenxem – Vorm, Vertongen, Ore, Sanches, Alli (Perrott, 96), Skipp, Lukas Moura (Lamela, 70), Lo Chelso, Bergveyn (Jedson Fernandesh, 54), Uinks (Ndombele, 81), Dayer.
Norvich – Krul, Lyuis, Aarons, Godfri, Xenli, Rupp (Ida, 72), Kentuell, Vranchich (Maklin, 67), Buendia (Shtipermann, 97), Tribull (Tetti, 89), Drmich.
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 2:3.
Ogohlantirishlar:
Vranchich (12), Skipp (71), Xenli (73).




