Angliya Kubogi finaliga muxlislar kiritiladi

Mirjalol Normatov
14 mar 2021, 13:40
Angliya Kubogi-2021 final o'yinini muxlislar bevosita stadiondan tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.

"Sky Sports" nashrining tasdiqlashicha, Buyuk Britaniya qonunchiligi sport tadbirlari uchun muxlislarning kiritilishi borasidagi dasturni tasdiqlagan. Unga ko'ra, 15  may kuni Londonda bo'ladigan final o'yiniga muxlislarning kiritilishi ko'rsatib qo'yilgan.

Norasmiy xabarlarda aytilishicha, muxlislarning soni 20 mingdan oshmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports