Angliya Kubogi. “Chelsi” bir kishi kam bo'lib qolgan “MYU”ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2017, 07:07
Angliya Kubogida 1/4 final bosqichining so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning 35-daqiqasida Errera ikkinchi sariq kartochkasini ishlab oldi va maydondan chetlatildi. Bu esa maydon egalariga qo'l keldi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida Kante tomonidan kiritilgan yagona gol “Chelsi”ga g'alaba keltirdi.


Chelsi – Manchester Yunayted 1:0

Gol: 1:0 – 51 Kante.

Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 89), Villian (Fabregas, 81), Kante, Azar, Diego Kosta (Batshuayi, 90).

Manchester Yunayted: De Xea, Jons, Smolling, Roxo, Valensiya, Mxitaryan (Fellayni, 37), Errera, Yang (Lingard, 81), Pogba, Darmian, Reshford.

Ogohlantirishlar: Errera (20), Yang (79), Diego Kosta (87).

Chetlatish: Errera (35).



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif