Angliya Evro-2016 saralashida 10ta o'yinning 10tasida g'olib bo'ldi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2015, 08:18
Evro-2016 saralashining so'nggi turida Angliya terma jamoasi Litvani mag'lub etdi (3:0).

Shunday qilib, inglizlar saralashdagi 10ta o'yinning 10tasida g'olib bo'ldi va 30 ochkoni qo'lga kiritdi. Ushbu guruhda Shveytsariya, Estoniya, Sloveniya Litva va San-Marino kabi jamoalar ham ishtirok etishdi.

Angliya bu saralash bosqichida barcha o'yinlarda g'olib bo'lgan yagona jamoaga aylandi. Chexii-2000 va Germaniya-2012 terma jamoalari ham saralashni faqat g'alaba bilan bosib o'tishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia