Angliya chempionati. “Arsenal”dan super “kambek”

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017, 02:52
Angliya chempionatining 20-turida “Arsenal” futbolchilari safarda “Bornmut” mehmoni bo'lib, bir ochkoni qo'lga kiritishning uddasidan chiqishdi.

Uchrashuv Venger shogirdlari uchun o'ta omadsiz boshlandi. Birinchi bo'limning yarim ortda qolmasidanoq mezbonlar ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishdi. 58-daqiqada Freyzur oradagi farqni uchtaga oshirdi. Ammo o'yinning so'nggi yigirma daqiqasida  “to'pchilar” bor mahoratlarini namoyish etib, uch to'p farqini yo'qqa chiqarishga erishishdi.

Angliya chempionati, 20-tur.

Bornmut – Arsenal 3:3 (2:0, 1:3)

Gollar: 1:0 – 16 Deniels, 2:0 – 20, penalti Uilson, 3:0 – 58 Freyzer, 3:1 – 70 Sanches, 3:2 – 75 Peres, 3:3 – 90 Jiru.

Bornmut – Boruc, Kuk, Deniels, Frensis, Ake, Arter, Gosling, Freyzer (Smit, 68), Stanislas, King (Serman, 63), Uilson (Smit, 90).

Arsenal –  Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni (Gabriel, 64), Koklen (Oksleyd-Chemberlen, 28), Jaka, Sanches, Remzi, Ivobi (Peres, 63), Jiru.

Ogohlantirish: Belerin (32), Kuk (44), Remzi (45), Mustafi (80), Boruc (86), Arter (90).

Chetlatish: Frensis (82).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia