Angliya bosh murabbiyi Sem Ellardays iste'foga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2016, 23:33
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi o'z lavozimidan bo'shatildi. Bu haqda Angliya futbol Assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Sem Ellardays EVRO-2016dan so'ng mamlakat terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Oldinroq The Telegraph jurnalistlari o'zini Osiyo kompaniyasi vakillari sifatida tanishtirib, Ellardays bilan muzokaralar o'tkazgan edi. 61 yoshli mutaxassis vositachi sifatida Angliya transfer bozorida noqonuniy ishi uchun 400 ming funt talab qilgandi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi The Telegraph jurnalistlaridan bu ish borasida barcha hujjatlarni taqdim etishni so'radi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: various