Andrey Sidorov "Navbahor" bilan xayrlashdi. Uning keyingi jamoasi aniq

Iskandarov Abdulaziz
15 iyul 2022, 23:25
"Navbahor" tarkibida o'zgarishlar yuz bermoqda.

Joriy mavsum boshida "Navbahor"ga kelib qo'shilgan hujumchi Andrey Sidorov jamoani tark etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

"Jamoamizning 27 yoshli hujumchisi Andrey Sidorov “Navbahor”ni tark etdi. Sidorov faoliyatini “Qo'qon-1912” jamoasida davom ettiradigan bo'ldi. U “lochinlar” tarkibiga joriy mavsumda aynan qo'qonliklar safidan qo'shilgandi. Futbolchi O'zbekiston Coca Cola Superligasi bahslarida jamoamiz tarkibida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 65 daqiqa o'ynadi. 

Biz Andrey Sidorovga “Navbahor”dagi faoliyati uchun o'z minnatdorligimizni bildirib, yangi jamoasida omad yor bo'lishini tilaymiz",- deyiladi rasmiy xabarda. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia