

Sharafjon Solexov, Manuchexr Safarov, Muhammadsharifi Saidxo'ja kabi futbolchilar bilan bir qatorda joriy mavsum boshida jamoa safiga kelib qo'shilgan hamyurtimiz Andrey Sidorov ham "Xo'jand"ni tark etdi. Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda Sidorov pandemiya sabab klub ixtiyoriga yetib bora olmagan. Ikki tomon o'zaro kelishgan holda o'rtadagi shartnomani bekor qilishgan.
Eslatib o'tamiz, bundan avval jamoaning serbiyalik murabbiyi Mikola Lazarevich ham o'z yurtiga ketgan, aviaqatnovlar to'xtatilgani sababli qaytib kela olmagandi. Hozirda "Xo'jand"ni mahalliy mutaxassis Hakim Fuzaylov boshqarmoqda.



