Andrey Fyodorov: "Murabbiyni rahbariyat almashtiradi"

Aslanov Jasurbek
9 apr 2016, 22:17
"Andijon" - "Neftchi" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O'yindan qoniqdim. Faqat natijadan qoniqmadim. Ikkita jarima to'pidan so'ng gol o'tkazib yubordik. Po'latov va Ermatovning yo'qligi bizga ta’sir qildi. Bugun shogirdlarimning harakatlaridan qoniqdim. Penalti bo'lgan vaziyatni ko'ra olmadim, masofa uzoq edi. Murabbiyni rahbariyat almashtiradi. Agar o'tgan o'yinlarni bugungidek o'tkazganimizda ijobiy natijalarga erishardik. Legioner darvozabonlarga qo'yilgan cheklov terma jamoa manfaati yo'lida ijobiy baholayman, lekin klubimiz kuchsizlangani rost. Biroq aynan bugungi o'yinda darvozabonimiz yomon o'ynadi deya olmayman", - deydi Fyodorov.

"Andijon" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia