Andrey Fyodorov: “Futbolchilarni ruhlantira olmadik”

Narzulla Saydullayev
31 okt 2015, 07:43
“Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “Neftchi” bosh murabbiy Andrey Fyodorov qatnashdi.

"Bugungi o'yin “Andijon” bilan bo'lgan o'yinning o'zi bo'ldi. Raqibimiz bitta qarshi hujumdan samarali foydalanib g'alabani ilib ketishdi".

- So'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatisizlikka nima sabab bo'ldi, deb o'ylasiz?
- Futbolchilarni ruhlantira olmayapmiz. Ularni Chempionlar ligasi bilan ruhlantirishning o'zi kamlik qilar ekan.

- Bugungi mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi?
-Murabbiylarning futbolchilarni  ruhlantira  olmaslik. Bu murabbyilarning xatosi.

- Bugungi o'yinda standartlar ko'p bo'ldi. Nega Xolmatovni zaxirada qoldi?
- Bizning maqsadimiz standartsiz ham g'alaba qozonish edi. Ammo barchasi chippakka chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz