Andrey Derkach "Qizilqum" yig'iniga qo'shildi

23 yanv 2015, 13:54
"Mashal" klubing sobiq legioneri Andrey Derkach endi "Qizilqum" yig'iniga borib qo'shildi.
Yarim himoyachi "Qizilqum"ning Navoiyda davom etayotgan yig'inida ishtirok etadi. Derkach o'zbek futboliga yaxshi tanish bo'lgani bois, futbolchi bilan shartnoma imzolanadi va keyingi yil faoliyatini aynan ushbu klubda davom ettiradi.

Ayni vaqtda "Qizilqum"ni Eldor Boymatov tark etgan.

Manba: championat.asia