Andrea Pirlo: “Juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik”

5 noya 2020, 09:34
“Yuventus” ustozi “Ferencvarosh” ustidan qozonilgan g'alabadan (4:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Natijadan mamnunman, biroq yana ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Biz juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Balki bu natija masalasi ertaroq hal etib qo'yilgani bilan bog'liqdir. G'alabadan xursandmiz, biroq oldinda bundan yaxshiroq bo'lish vazifasi turibdi. Futbolchilarim bilan juda ko'p suhbatlashaman, ammo qaror qanbul qilish ularning o'zida qoladi. Masalan, raqib jarima maydoni oldida bir nechta noto'g'ri qarorlarni qabul qildik. Bazan kamroq xudbinlik qilishingiz ham kerak”, - deydi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA