

U ijtimoiy tarmoqlarda shu mavzuda post chop etdi.
Onananing aytishicha, uning hikoyasi kichik qishloqda boshlangan, u yerda Kamerun terma jamoasining o'yiniga qarab, terma jamoa tarkibida maydonga tushishni orzu qilgan.
Shu bilan birga, darvozabon hamma narsaning o'z nihoyasi borligini, endi esa uning hikoyasi yakunlanayotganini ta'kidladi.
"27 milliondan ortiq kamerunliklar kabi men ham terma jamoani muxlis sifatida qo'llab-quvvatlayman. Menga ishongan barchaga faqat rahmat aytaman", – dedi Onana.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida terma jamoa ixtiyorini murabbiy bilan mojaro tufayli tark etgan edi.



