"Andijon": Jadigerov va Sedko keldi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2015, 17:27
"Andijon" Toshkentda olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini davom etmoqda.
Rejaga ko'ra 1 fevral kuni "Paxtakor" jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazilishi kerak edi. Ammo ob-havo injiqligi tufayli bu uchrashuv o'tkazilgani yo'q.

Shunga qaramay, jamoamizning poytaxtdagi tayyorgarligi davom etadi. Asqar Jadigerovdan keyin kuni kecha tarkibga hujumchi Ernes Sedko ham qo'shilganini aytib o'tish joiz. Hozircha bu futbolchi ko'rikdan o'tkazilmoqda. U o'tgan yili Qozog'iston birinchi ligasida to'p surgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz