Bugun ham Sho'rbuloqdagi sun'iy qoplamali maydonda futbolchilar ikki mahal shug'ullanishdi.
Bugun “Andijon” safida yana bitta yangi o'yinchi paydo bo'ldi. Hujumchi Oleg Drajuk bugundan mashg'ulotlarga qo'shildi. Bu futbolchi ko'rikdan o'tkazish maqsadida taklif etildi. Kecha tarkibga Yaroslav Krushelnickiy bilan Tolib Ochilov ham qo'shilishgandi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili ham qishda Drajuk “Andijon” yig'inida qatnashgandi. Lekin o'shanda u jamoada qolmagandi. Shuni aytib o'tish kerakki, bugungi mashg'ulotlarda darvozabon Farruh Turdialiev ishtirok etmadi.