Andijonda “Hokim Kubogi” turniri o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2020, 11:00
Andijonda professional va havaskor jamoalar o'rtasida turnir boshlanish arafasida.

Qishki o'quv-yig'in chog'ida bu kabi musobaqalarning tashkil etilishi, jamoalar uchun ham foydali deyish mumkin. Sababi har bir jamoa murabbiyi qo'li ostidgi futbolchilarni aynan mazkur turnir orqali sinovdan o'tkazib olishi muqarrardir.

Andijon shahrida 15 yanvar kuni “Hokim Kubogi” musobaqasiga start beriladi. Bu borada viloyat futbol assotsiatsiyasi jamoalarga taklif yuborgan. Hozircha turnirda nechta jamoa ishtirok etishi ma'lum emas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia