

3 yanvar kuni andijonliklar o'z qarorgohlarida to'planadilar.
Futbolchilar dastlab tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladi. 5 yanvar kuni esa yig'in o'tkazish uchun Tojikistonning Xo'jand shahriga yo'l oladilar.
Reja bo'yicha u yerda ikki hafta davomida mashg'ulotlar olib boriladi. Asosan jismoniy yuklamalarga e'tibor qaratiladi.
Shuningdek, yig'in doirasida ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazilishi ham rejalashtirilgan. Tojikistondagi yig'in 19 yanvarga qadar davom etadi.



