"Andijon" "Team Sport" ekipirovkalar markazida yangi murabbiy va futbolchilarni tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2023, 17:12
Superligaga qaytgan "Andijon" futbol klubi yangi mavsum oldidan kichik taqdimot marosimini o'tkazdi.

Klub bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov, murabbiy Artyom Petrosyan, yangi futbolchilar Farhod Bekmurodov, Sardor Azimov va Sardor Abdunabievni tanishtirdi.

Bundan tashqari jamoa Eldor Adhamov, Suhrob Berdiev, Shahboz Erkinov, Vladimir Bubanya va Ildar Mamatkazin bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

Takidlash lozimki, ushbu tadbir yaqinda o'z faoliyatini boshlagan "Team Sport" ekipirovkalar markazida tashkil etildi. "Andijon" futbol klubi 2023 yildan ushbu ekipirovkalar markazi bilan hamkorlik qiladi va JAKO firmasi formalaridan foydalanadi.
 







Foto: Jahongir Fayzullaev

Video: Samandar Shokirov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia