

Bugun tushlikdan keyin jamoa a'zolari klub qarorgohida yig'ildi. Endi fevral oyining oxiriga qadar burgutlar Andijonda yig'in o'tkazadi.
Andijanka nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi
Orif Mamatkazin boshqaruvidagi Andijanka ayollar jamoasi kecha sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Joriy mavsum tarkibini biroz yoshartirayotgan Andijankaning o'rtoqlik o'yinidagi sparring-raqibi Farg'onaning Neftchi jamoasi bo'ldi. Andijankaning mashg'ulot maydonida o'tgan vodiy derbisida andijonliklar yirik - 7:0 hisobida zafar quchdi.
Andijon-Turonda mag'lubiyat
Mini-futbol bo'yicha yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan Andijonning Andijon-Turon futzal jamoasi ham mashg'ulotlar bilan bir qatorda, o'rtoqlik o'yinlarini ham tashkil etmoqda. Hususan Shavkat Muhiddinov boshchiligidagi futzal jamoasi kuni-kecha Andijon shahrida namanganlik futzalchilarga qarshi bahs olib bordi. Deyarli teng kurashlar ostida o'tgan bahsda Navbahor 6:4 hisobda g'alaba qozondi.




