“Andijon“ legioner darvozabon bilan shartnoma tuzdi

Khoja
14 iyul 2025, 07:35
Yozgi selekciya ishlarini olib borayotgan “Andijon” tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Bu yil 25 yoshni qarshi oladigan ukrainalik darvozabon Artyom Odintsov andijonliklar a'zosiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Artyom Odintsov 2000-yilning 9 noyabr sanasida Ukrainada tavallud topgan.

Darvozabon bunga qadar Ukrainaning “Munkach”, Vengriyaning “Kishvarda” va “Doshdor” klublari sharafini himoya qilgan. 2018-yildan beri aynan Vengriya chempionatida faoliyat olib borgan.

Odintsov bilan shartnoma 1,5 yilga tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia