"Andijon" klubi "Paxtakor"ning uch nafar futbolchisini o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi

Administrator
16 iyul 2025, 00:30
Avvalroq, bu haqda xabar berilgandi.

"Andijon" klubi rasman "Paxtakor"dan Otabek Jo'raqo'ziev, Muhammadali Usmonov va Saidumarxon Saidnurullevni o'z tarkibiga qo'shib olganini ma'lum qildi. Avvalroq, Championat.asia saytida bu haqda xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko'ra, Jo'raqo'ziev "Andijon" safija ijara asosida to'p tepadi.

Usmonov 2023 yildan buyon "Paxtakor" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Yaqinda Angliyaning KPR klubi kuzatuvida bo'lib turgan Saidnurullaev esa 2023 yildan beri "sherlar" safida 14 ta bahsda ishtirok etib 2 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatamani amalga oshirdi.

Jo'raqo'ziev esa joriy mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta golga mualliflik qildi.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати.