

Ertalab futbolchilar trenajyor zalida shug'ullanishgan bo'lsa, kunning ikkinchi yarmida esa mashg'ulot Sho'rbuloq dahasidagi sun'iy maydonda bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'inda ko'rikdan o'tish uchun bir nechta futbolchilar taklif etilgandi. Kecha murabbiylar Muqim Toshmatov, Isroil Ergashev, Ravshan Aslanov, Sirojiddin Allaev, Mirzohid Mirsaidov va Sardor Asqarovga javob berib yuborishdi. Tarkibga Temur Vasilev qo'shilganini xabar qilgandik. Kechadan mashg'ulotlarda Rustam A'zamov ham ishtirok etishni boshladi. Jamoamizning Andijondagi yig'ini 16 yanvarga qadar davom etadi. 18 yanvardan yig'in Toshkentda boshlnadi.
“Andijon” jamoasi matbuot xizmati.




