Anchelottining “Everton”idan navbatdagi ajoyib natija

Eldor Akmurzayev
3 okt 2020, 22:00
Angliya chempionati 4-turi doirasida “Everton” o'z maydonida “Brayton” ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi.

Jamoa mavsum startidan o'rin olgan barcha 7 bahsda g'alabaga erishdi: 4 tasi APL va 3 tasi Liga Kubogi. Bu kabi natija klub tarixida so'nggi bor 125 yil avval, yani, 1894/95 yilgi mavsum qayd etilgandi.

Karlo Anchelotti boshqaruvidagi mersisaydliklar Premer-liga turnir jadvalida 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Everton” keyingi turni ham “Gudison Park”da o'tkazadi, raqib esa amaldagi chempion – “Liverpul”. Mazkur bahs 17 oktyabrga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports