Anchelotti yaqin vaqtlarda iste'foga chiqarilmaydi

Mirjalol Normatov
10 noya 2019, 18:51
"Napoli" rahbariyati yaqin vaqtlarda bosh murabbiy Karlo Anchelottining iste'fosini ko'rib chiqmaydi.

Italiya matbuoti xabariga ko'ra, murabbiy kamida YCHL 5-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinga qadar jamoadagi faoliyatini saqlab qoladi.

Mahalliy jurnalistlarning berayotgan ma'lumotlariga qaraganda, murabbiyning ishda qolayotgani klub prezidenti Aurelio de Laurentisning AQSHga jo'nab ketgani bilan bog'liq ekan.

"Napoli" ayni damda 12 turdan keyin Italiya chempionati turnir jadvalining 7-pog'onasida ketmoqda. Neapolliklar so'nggi 4 o'yinda g'alabaga erishganlaricha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia