Anchelotti: “Xamesning jismoniy holatidan xavotirlanganimda uni emas, Useyn Boltni sotib olgan bo'lardik”

14 sen 2020, 07:59
“Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL 1-turida “Tottenxem”ga qarshi bahsda debyut qilgan Xames Rodriges haqida gapirdi.

“Xames dunyodagi eng tezkor futbolchi emas, ammo u juda ham sifatli o'yinchi. Biz undan o'zini ko'rsata oladigan darajada foydalanishimiz kerak. U vinger ham emas, biroq Xames hujumga yaqinroq hududda ham to'pni qabul qilish uchun o'ynashi mumkin. U juda xavfli. Uning jismoniy holati meni bezovta qilmaydi. Agar bu meni xavotirga solganida Xamesni emas, balki Useyn Boltni sotib olgan bo'lardik”, - deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com