Anchelotti va Kurtua Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoniga o'tganini qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023, 16:13
Ispaniya Superkubogi uchun tayyorlanayotgan Krishtianu Ronalduning sobiq klubi Saudiya Arabistonida o'yin o'tkazadi.

37 yoshli portugaliyalik yulduz "Real" uchun 9 mavsum o'ynadi va klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Krishti o'tgan hafta "Al Nassr" futbolchisi sifatida tanishtirildi. U "Manchester Yunayted" bilan o'zaro shartnomani bekor qilganidan keyin erkin agentga aylangan edi. 

"Qirollik klubi" mamlakat Superkubogi yarim finalida chorshanba kuni Ar-Riyodda "Valensiya" bilan to'qnash keladi. Yakshanba kuni esa ular o'rtasidagi o'yin g'olibi "Barselona" va "Betis" juftligi g'olibi bilan finalda titul uchun kurash olib boradi.

Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua Ronalduning Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: 

"O'ylashimcha, Krishtianu bilan shartnoma imzolash orqali biror davlat mamlakatda sportni rivojlantirishga intilayotganini namoyish etadi. Biz buni "Formula 1"da ko'rdik. Biz buni boshqa turnirlarda ham ko'rdik. Xuddi biz bu yerda ekanimiz kabi.

Saudiya Arabistoni Argentinani mag'lub etdi. Krishtianu bu erga o'zining qaroriga ko'ra keldi. Lekin bu Saudiya Aradistonining o'sishga intilayotganini ko'rsatadi. Shunday darajadagi futbolchining ushbu ligaga borib qo'shilgani liga uchun juda muhim".

Jamoa ustozi Karlo Anchelotti shunday qo'shimcha qildi: 

"Bu fantastik shartnoma ("Al Nassr" uchun). Biz Ronalduga barcha yaxshi niyatlarni tilaymiz. U – klubimiz afsonasi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN