Anchelotti: "Risharlison Yevropaning eng yaxshi forvardlaridan biri bo'lishga qodir"

Alisher
4 mar 2021, 18:23
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Risharlison haqida gapirdi.

"Risharlison zamonaviy hujumchi hisoblanadi, u mashg'ulotlarda juda ko'p ishlaydi. Unda ajoyib jismoniy ko'rsatkichlar bor, bundan tashqari u tez va hujumni aniq tarzda yakunlaydi.

Men Risharlisonni Yevropadagi eng yaxshi forvardlardan biri bo'ladi deb hisoblayman. Buning uchun unda barchasi bor", - deydi italiyalik mutaxassis.

23 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal