Anchelotti "Real Madrid"ning "Manchester Siti"dan ustun tomonini aytdi

Khoja
1 apr 2024
"Real Madrid" ustozi Karlo Anchelotti jamoasining "Manchester Siti"dan ustun bo'lgan tomoni haqida fikr bildirdi.

"Bizning taqvimimiz raqibnikidan ko'ra osonroq. Biz bo'lajak uchrashuvga ulardan ko'ra ko'proq tayyorgarlik ko'rish imkoniga ega bo'lamiz. Mana shu bizning bo'lajak uchrashuvdan oldingi ustunligimiz", - dedi Karlo Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, jamoalarning ilk uchrashuvi 9 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com