

O'ylashimcha, yakunda Vinisius g'alaba qozonadi.
Karvaxal chindan ham juda yaxshi mavsum o'tkazdi. Axir u La Ligada, Chempionlar Ligasida (musobaqa finalida gol ham urgan) hamda "Evro"da g'olib bo'ldi.
Ammo Vinisius – yaxshi imijga ega iqtidorli yosh futbolchi. U chempionat va Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish bilan birga, Myunxenda dubl va finalda ham gol muallifi bo'ldi.
Jud [Bellingem] ham ajoyib mavsum o'tkazdi – YCHL va chempionatdagi g'alabada uning ham hissasi ulkan. U chinakamiga La Liga mavsumining kashfiyoti va eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Rodri – ham yaxshi xavbek, u o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshilaridan biri va stabilligi bilan maqtana oladi.



