Anchelotti: Krishtianu bugun gol urmadi, lekin u jahonning eng kuchli klubining muhim a'zosi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2014, 09:35
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finalidagi San-Lorenso (2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bu futbolchilar bilan birga bitta klubda ishlash – juda katta tajriba. Biz bir oilamiz, Realning obro'sini ko'tarishga intilayapmiz.

Desimadagi g'alabaga Ispaniya kubogida zafar quchganimiz zamin yaratdi, aynan o'shanda o'zimizga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi.

Krishtianu bugun gol urmadi, ammo jamoa g'alaba qozonishi uchun yordam berdi. U jahonning eng kuchli klubining eng muhim a'zosi, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru