Anchelotti kelajagi haqidagi savolga javob berishni istamadi

Omonjon To`xtamirzayev
19 apr 2025, 19:19
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelajagi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

"Biz vaziyatga mavsum oxirida baho beramiz. Hozir hech nima deb bo'lmaydi. Braziliya terma jamoasida ishlash? Hozir kelajagim borasida gapirishni istamayman. Men to'liqligicha klub ishlari va qolgan ikki musobaqada zafar quchish haqida o'ylayapman", - dedi Karlo Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо