Anchelotti: "Ilyaramendi maydonda yetakchi bo'lishga tayyor"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2014, 11:19
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa yarim himoyachisi Aser Ilyaramendi nomiga iliq so'zlar aytdi.

Futbolchi "Ludogorec"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuvida maydonga asosiy tarkibda chiqdi.

"Ilyaramendi o'yinda yetakchi bo'lishga tayyor. U juda yuqori saviyada o'ynadi. Futbolchining harakatlarida ishonch ko'rindi va u jamoadoshlarini yaxshi paslar bilan taminladi. Ilyaramendi o'yindan-o'yinga o'z kuchiga ishonib bormoqda" - deydi Anchelotti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com