Anchelotti Gyotcega "Bavariya"dan ketishni maslahat berdi

Aslanov Jasurbek
12 may 2016, 10:44
"Bavariya" yarim himoyachi Mario Gyotce kelajakda nemis grandida o'ynamasligi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoaning bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchini o'z rejalariga kiritmayapti. Italiyalik mutaxassis futbolchiga "Bavariya"ni tark etib, yangi klub qidirishni maslahat berdi.

Oldinroq nemis OAV Gyotce Dortmundning "Borussiya"siga qaytishi mumkinligini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sueddeutsche Zeitung