Anchelotti: "Ehtimol bizni APL tarixidagi eng yaxshi mavsum kutmoqda"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2020, 14:46
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL 5-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi kechadigan o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Biz bellashuvga yaxshi formada yetib keldik. Dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bilan to'qnash kelamiz. Men juda yaxshi tarkibga egaman, yigitlar kamtar.

Biz jadvalni boshqarib turibmiz va ayni pallada hammasi joyida. Lekin, oldinda uzun yo'l va unda qiyinchiliklarga duch kelamiz. Bu bizning imtixonimiz bo'ladi.

"Liverpul" favorit bo'lib qolaveradi, lekin ko'plab jamoalar tarkibni kuchaytirishdi. Ehtimol, bizni APL tarixidagi eng yaxshi mavsum kutyapti", - deya Anchelottining so'zlarini keltirdi "La Gazzetta dello Sport".


"Everton" - "Liverpul" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 16:30da start oladi. Uchrashuvdan matnli translyatsiyani "Championat.asia"da kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.sky.it