Anchelotti: "Benzema ayni damda dunyoning eng zo'r futbolchisi"

Narzulla Saydullayev
13 may 2022, 23:18
Murabbiyning fikricha Karim shunchaki hujumchi emas.

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Karim Benzema haqida gapirdi.

"Karim - fantastik darajadagi hujumkor futbolchi. U shunchaki hujumchi emas. Benzema golli paslar beradi, o'yinni qurishda ishtirok etadi. Shu bilan birga, juda ko'p gollar uradi.

Benzema - etuk futbolchi. Fikrimcha, u ayni damda dunyoning eng zo'r futbolchisi. Karim Ronaldu ketganidan so'ng jamoaning haqiqiy lideriga aylandi", -deydi Karlo Anchelotti.

Ma'lumot uchun, Benzema ushbu mavsum Ispaniya chempionatida 31 o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 12 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca