Anchelotti: "Agar "Napoli" biror sovrin yutsa, albatta qo'shiq aytib beraman"

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018, 12:45
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining so'zlariga ko'ra, agar jamoa sovrin yutsa, qo'shiq aytishga tayyor ekan.

"Skudetto - orzu. Agar biror sovrin yutsak, albatta qo'shiq aytib beraman. Kuylash - futboldan keyingi sevimli mashg'ulotim.

Intizom bo'yicha bizda muammo yo'q. Har qanday jamoada osmonlarda uchib yuradigan inson bo'ladi, ammo hozircha bunaqasini topmadim.

Klub prezidenti bilan munosabatlarimiz? U bilan hozircha bahslashganim yo'q, bunga imkon ham bo'lmadi. Hammasini kelishib qilyapmiz. Bir-birimizni hurmat qilamiz" - deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia