Ana xolos! PSJ Neymarni sotishga tayyor

17 iyun 2019, 08:01
Neymar PSJni yozgi transferlar vaqtidayoq tark etishi mumkin.

PSJ Neymar borasida kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Neymarning o'zi hamda Parijdagi holatidan mamnun emas. Futbol agenti Pini Zaxavi Neymarning La Ligaga qaytishi borasida muzokara olib bormoqda. Neymarni “Barselona” ortga qaytarishni xohlamoqda.

O'tgan mavsum Neymar PSJ safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urdi va 13 ta assistni amalga oshirdi.

Mavzuga doir: PSJ rahbari: "Boshqa chidab tura olmayman"  

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe