"Alyo, ref": "Tantashev hatto APLda ham o'zini yo'qotib qo'ymagan bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2026, 13:31
Championat.asia eksperti, "Alyo, ref!" Telegram-kanali muallifi Anatoliy Sinyaev Shotlandiya - Marokash uchrashuvida hakamlik qilgan Ilgiz Tantashev ishiga baho berdi.

- O'yinning asosiy epizodlarini tomosha qildim. Tantashev o'yinni yuqori saviyada boshqardi va yakkakurashlar uchun yaxshi planka (talab) belgiladi. 2-3 ta oddiy penalti belgilagandan ko'ra, o'yinni davom ettirish yaxshiroq. Hakamlikning bunday uslubi va yakkakurashlar “plankasi” bilan Tantashev hatto APLda ham o'zini yo'qotib qo'ymagan bo'lardi, deb o'ylayman.

Izohlarda ko'pchilik uning ishidan norozi bo'lganini ko'rdim. Ha, yuqori “planka” ortida doimo ko'zdan qochirilgan 3-4 ta aniq fol yashirinadi. Ularni ko'rdim, ammo umuman olganda, bunday uslub - ayniqsa, agar siz butun 90 daqiqa davomida plankani ushlab tura olsangiz va o'yinchilar (ular nima bo'layotganini tushunmay, norozilikdan aqldan ozishgani uchun) kartochkalarni chapga-o'ngga sochavermasangiz - hurmatga loyiq.

Tantashev debyut JCH bo'lishiga qaramay, pley-off o'yinlariga tayinlov olishiga ishonaman. Hakamlik top-darajasiga juda kech - 37 yoshida chiqqani afsusli. Hozir Tantashev 42 yoshda, lekin istiqbolda u yana bir Jahon chempionatiga borishi mumkin” - deb yozadi “Alyo, ref!”.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Алё, рэф!" Telegram-канали