Alvaro Morata "Roma"ga o'tishga rozilik berdi. Shomurodovning klub safida maydonga tushmasligi oydinlashmoqda

Administrator
16 iyul 2023, 23:27
"Roma" tarkibi yana bir hujumchiga ko'payadigan bo'ldi.

Hujumchi Alvaro Morata "Roma" klubining taklifini qabul qildi. Corriere dello Sport nashrining ma'lum qilishicha, Morata Rim klubi bergan taklifga rozi bo'lgan. Maoshlar ham kelishib olingan. Alvaro Rimda 4.5 mln evro maosh oladi. Bonuslar bilan ushbu raqam 500 ming evrogacha oshishi mumkin.

Yaqin kunlarda "Roma" "Atletiko" bilan bog'lanadi va transfer masalasini muhokama qiladi. Hujumchi 12 mln evroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olinishi mumkin.

Qo'shimcha qilinishicha, "Inter" klubigina ushbu transferga halal berishi mumkin. Saudiya Arabistoni klublarida esa futbolchini qo'lga kiritish bo'yicha umuman imkoniyat yo'q. 

Yana bir hujumchi "Roma" bilan kelishib olar ekan, Eldor Shomurodovning ushbu klubda maydonga tushmasligi oydinlashmoqda. 

Avvalroq, Shomurodovning Mourinyu rejalaridan joy olmagani ma'lum bo'lgandi.

Shomurodov Mourinyuning rejalaridan joy olmagan

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Corriere dello Sport