

"Drakslerni tushunaman. U har yili Chempionlar ligasida qatnashish ilinjida 2015 yilda jamoamizga keldi. Ammo mavsum biz uchun omadli kelmadi, u esa Yevropa chempionatida yaxshi ishtirok etdi. Uning atrofida xalqaro turnirlarda ishtirok etadigan futbolchilar bor edi. U o'z kelajagi haqida o'ylashni boshladi. Ammo bu mavzu yopiq: Draksler - juda muhim futbolchi va transferga qo'yilmaydi" - deydi Allofs.



