

Italiyalik mutaxassis 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi, bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
53 yoshli mutaxassis 9 million evro atrofida maosh oladi. Allegri "Real" bilan bog'liq vaziyatning echimini kutmaslikka qaror qildi.
Allegrining bosh murabbiylikka kelgani borasidagi rasmiy xabar yaqin soatlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.
Massimiliano Allegri "Yuventus" (2014-2019)ni oldin boshqargan, mutaxassis klub bilan 11 sovrin, jumladan 5ta chempionlik titulini qo'lga kiritgan. U ikki bor turinliklarni Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan va ularda "Barselona" va "Real"ga imkoniyatni boy bergan.
Eslatib o'tamiz, bundan biroz oldin "Yuve" Andrea Pirloni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqargan edi.



