Allegrining fikricha, YCHL finalida “Real” favorit

Aslanov Jasurbek
29 may 2017, 23:20
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining fikricha, YCHLning final uchrashuvida o'zining jamoasi emas, aksincha, “Real” favorit bo'lar ekan.

“Biz finalda favorit emasmiz. Raqibimiz so'nggi 3 yilda YCHLni 2 bor yutgan jamoa. “Real” 4 yil ichidagi uchinchi finalida maydonga tushadi.

Futbolchilarimizda ham ishonch bor, lekin baribir o'yinda madridliklar favorit bo'lib qolaverishadi”, - dedi Allegri Football Italia nashriga bergan intervyusida.


Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionlar ligasining “Yuventus” va “Real” jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi 3 iyun kuni Uells poytaxti Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida bo'lib o'tadi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif