Allegri past samaradorlik uchun Raboni tanqid qildi

Alisher
29 sen 2021, 11:07
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yarim himoyachi Adrien Raboni past samaradorlik uchun tanqid qildi.

"Agar men Adrien bo'lganimda, o'zimdan juda ham g'azablangan bo'lardim. U "Yuventus"dagi ikki yilida nechta gol urdi? O'nta? Buni qabul qilib bo'lmaydi.

Men u bo'lganimda, juda ham xafa bo'lardim. Rabo o'z natijalarini jiddiy tarzda yaxshilashi kerak va men uning buni joriy mavsumda qila olishiga ishonchim komil", - deydi Allegri.

Rabo 2019 yilning yozidan beri "Yuventus"da o'ynaydi. 26 yoshli francuz jamoa tarkibida 89ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal