Allegri Niderlandiya termasini boshqarish ehtimoli bor

Eldor Akmurzayev
6 sen 2020, 21:30
“Yuventus” sobiq ustozi Massimiliano Allegriga Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi taklif yuborgan.

Qayd etilishicha, Xenk ten Kate ushbu lavozimni egallash uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Biroq, muzokaralar birinchi Allegri bilan o'tkazilgan, o'z navbatida italiyalik mutaxassis qaror qabul qilishga shoshilmayapti.

Hozirda Niderlandiya TJni vaqtincha Duayt Lodeveyts boshqarmoqda. Terma uning qo'l ostida ilk uchrashuvini Millatlar Ligasi doirasida Polshaga (1:0) qarshi o'tkazdi.

Allegri 2019 yildan buyon ishsiz. U “Yuve” bilan besh bor Italiya chempionligini qo'lga kiritib, to'rt marta mamlakat kubogi va 2 bor Superkubokda zafar quchgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia