Alisson: "O'ylab o'tirmadim. "Liverpul"da baxtliman"

Aziz Tukhtamuradov
5 avg 2021, 09:36
Darvozabon Alisson "Liverpul" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi.

Shundan so'ng u o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Bu masalada o'ylab o'tirishga vaqt ketkazmadim. Uch yil davomida biz o'zaro ishonchga ega bo'ldik. 

Men va oilam bu yerda baxtlimiz. Farzandlarim Angliyaga ko'nikishdi. Bu yerda ishlayotganimdan xursandman. Bu men uchun qiyin bo'lmagan qaror edi", - dedi Alisson. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: liverpoolfc.com