Alisher Usmonov klubni sotib olish bo'yicha ikkinchi taklifni yubormoqchi

Narzulla Saydullayev
24 may 2017, 08:00
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Arsenalni sotib olish fikridan qaytgani yo'q.

Usmonov Sten Kronkedan klubning akciyalarning nazorat paketini sotib olmoqchi. Oldinroq uning 1 milliard funtlik taklif rad qilingandi.

Yaqin orada rossiyalik milliarder o'z vakillari bilan uchrashib ikkinchi taklifni yubormoqchi.

Oldinroq Kronkening kompaniyasi Arsenalning akciyalarini sotmasligini ma'lum qilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com