

O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatar University maydonida bugungi mashg'ulotlarini o'tkazdi. E'tiborlisi shundaki, terma jamoamiz futbolchisi Jaloliddin Masharipov ushbu mashg'ulotlarda qatnashgani yo'q.
Bundan tashqari, termamiz himoyachisi Hojiakbar Alijonov ham bugungi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Ma'lumot uchun, Alijonov kechagi mashg'ulotlarda ham ko'rinish bermagandi.



