Ali_Bebeto: "O'zbekistonga alangali salom!"

Aslanov Jasurbek
26 okt 2016, 13:21
Oldinroq o'zbekistonlik kiberfutbolchi Muhammadamin Turg'unboev ("Ali_Bebeto") FIFA 17 bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun Parijga yetib borganini ma'lum qilgan edik.

Kibersportchimizni mashg'ulotlardan chalg'itmaslik niyatida undan kichik intervyu olishga qaror qildik.

"O'zbekistonga alangali salom! Kecha kechki payt Parijga yetib keldik va ayni damda nonushtani yakunladik.


Bu yerda havo xuddi bahordagidek, salqin, ammo sovuq emas. Bugun biroz madaniy hordiq chiqarib, biroz shaharni sayr qilamiz. Parijga kelib Eyfel minorasini ko'rmasdan ketish yaxshi ish bo'lmasa kerak.




Kayfiyat haqida gapiradigan bo'lsam, kayafiyatim alo!

Jahon chempionatidagi ilk o'yinim Buyuk Britaniyaning eng kuchli kiberfutbolchilaridan biriga ("Gorilla") qarshi ekan. Ayni damda mashq qilish bilan bandman. Sharoitlar juda yaxshi, har holda bu Parij. Vatanimiz bayrog'ini balandlarga ko'tarish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman" - deya gaplariga yakun yasadi Muhammadamin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia